×

Benom Guruhi's video: Benom Guruhi - Jon qizlarim - AUDIO

@Benom Guruhi - Jon, qizlarim | Беном - Жон, қизларим (AUDIO)
Bizlarni befarq qoldirmagan yana bir hayotiy voqea yangi taronamiz yozilishiga sabab bo‘ldi. Haqiqatan, oramizda yillar davomida farzand kutayatgan oilalar bor. Sabr qilib Allohning inoyati bilan oradan bir necha yillar o‘tib, farzandli bo‘lgan oilalarni ham ko‘ryapmiz. Bugun taqdim etmoqchi bo‘lgan taronamiz, quyidagi xat qahramonlariga o‘xshagan oilalarga dalda bo‘ladi deb umid qilamiz. “Salom, Benom guruhi. Bir iltimos bilan xat yozmoqdaman. Biz ayolim bilan bitta maktabda o‘qib, sevishib turmush qurganmiz. Sizlarning har bir qo‘shiqlaringizni sevib tinglab yurardik. Hozirda bir necha yildan buyon AQShda yashaymiz. Hayotimiz davomida sevgimiz sinovdan o‘tdi: ancha yil farzand kutib yashadik. Bir-birimizga bo‘lgan sevgi va ishonch sababli hammasini yengib o‘tdik. Alloh so‘raganni beradigan zot. 7 yilda qiz farzandli bo‘ldik, yana 5 yil o‘tib 2-qizalog‘im ham dunyoga keldi. Qizlarimiz bolaligida yig‘lab qolishganida Benomning qo‘shiqlarini qo‘yib bersak, ikkovlari ham yig‘idan to‘xtar edi. O‘sha vaqtdan niyat qilgandik, kuni kelib, Benom guruhiga qizlarimizga bag‘ishlab qo‘shiq buyurtma qilamiz deya. Sarvar aka, Komil aka, qizlarimizni ismlari Shakhruza va Mukhlisa. Ularga atab bir qo‘shiq yozib kuylasangiz, biz va qizlarimiz uchun bu katta baxtdir, juda ham xursand bo‘lar edik. Hurmat bilan Jamshid.” Biz bu kabi buyurtma qo‘shiqlarni ko‘p marotaba yozganmiz, lekin ushbu mavzudagi qo‘shiqni ommaga taqdim etishni lozim deb topdik. Benom guruhi – “Jon, qizlarim”. Youtubedagi Benom guruhining rasmiy kanalida tinglang va baho bering. P.S. Aytgancha, bugun Shakhruzaning tavallud kuni. Chin dildan tabriklaymiz. Ota-Onasi orzu qilgandek farzand bo‘lib ulg‘aysin. Официальный сайт: http://www.benom.uz/ Instagram Sarvar https://instagram.com/sarvar_benom Instagram Komil https://instagram.com/komil_benom/ Подпишись на новые клипы: http://bit.ly/2kvzL6E

1.4K

276
Benom Guruhi
Subscribers
454K
Total Post
346
Total Views
14.1M
Avg. Views
134.7K
View Profile
This video was published on 2023-06-15 21:06:28 GMT by @Benom-Guruhi on Youtube. Benom Guruhi has total 454K subscribers on Youtube and has a total of 346 video.This video has received 1.4K Likes which are higher than the average likes that Benom Guruhi gets . @Benom-Guruhi receives an average views of 134.7K per video on Youtube.This video has received 276 comments which are higher than the average comments that Benom Guruhi gets . Overall the views for this video was lower than the average for the profile.

Other post by @Benom Guruhi